Frameworklar aro koʻchib yurish oqibati

Men bu postda oʻz tajribamdan kelib chiqqan xolda va oʻzi oʻrganuvchi dasturchi sifatida, front-end texnologiyalarini bittasida focus qilmasdan va hali toʻlaqonli tajribaga ega boʻlmasdan almashtirishda kelib chiqadigan muammolar, tajriba va albatta bundan bizga nima foyda-yu nima ziyonligini yozib qoldiraman.

Intro

Assalomu aleykum hammaga va sabrini mahkam qilib bu postni oʻqishni niyat qilganlarga. Men bu postda oʻz tajribamdan kelib chiqqan xolda (unchalik koʻp boʻlmasa ham) va oʻzi oʻrganuvchi dasturchi sifatida, front-end texnologiyalari yʼani frameworklarni bittasida focus qilmasdan va hali toʻlaqonli tajribaga ega boʻlmasdan almashtirishda kelib chiqadigan muammolar, tajriba va albatta bundan bizga nima foyda-yu nima ziyonligini yozib qoldiraman.

Nima sodir boʻldi, tajribada kuzatilgan vaziyat

Mustaqil oʻrganuvchi sifatida men xar hil web texnologiyalar oʻrganishga qiziqar edim va hozir ham qiziqaman shu bois turli xil web frameworklarda loyihalar qurishga kirishar edim.
Birinchi migratsiyamdagi 1 chi omil bu React sintaksisdan zerikish va qoʻpollashtirilib aytilganda "ezmaligi" boʻldi. 2chisi esa oʻrganishim jarayoni "qadriyati" shunday tartibda edi, yaʼni har bir yangi loyiha, yangi texnologiyalar bilan va yangi qiyinchiliklar bilan boshlanishi kerak. 3 chisi Nextjsda loyiha yozganim va uning ishlash prinsipi menga taʼsir qildi. Gap SSR va SSG haqida ketyapti, chunki men Server tomonda renderlashni web ilovani tezlashtirishni eng yaxshi yechimi deb oʻyladim va buni koʻpchilik inkor etmaydi deb oʻylayman. Va oxirgisi, 2chi omil bilan bogʻliq boʻlgan framework tanlovi menda 2ta tanlov bor edi Svelte va Astro men 1chi migratsiyamda bilganinggizdek Astroni tanlagan edim. Va bunga vaqtlar oʻtib aniqrogʻi hozirga kelib salgina afsus paydo boʻldi.

2chi frameworkga oʻtishim esa ish bilan bogʻliq boʻlgan vaziyat. Menga judayam ish kerak edi. HH platformasida vakansiyalar koʻrib unga ariza berardim. Menga bir vakansiyaga taklif tushdi, va u VUEJS frameworkida edi. Birinchi uchrashuv va ular ishga kirish uchun vazifa va 3 kun berishdi. Eng qizigʻi menda hali umuman Vuejsga oʻtish fikri boʻlmagan edi. Buning natijasida men aynan Vuejsga bogʻliq boʻlgan texnologiyalarni 3tasini oʻrgandim (eʼtibor bering 3 kunda) bular VUEJS ni oʻzi, Pinia va Quasar edi. Birinchi kunda men oʻz ishlarim bilan boʻlib hech narsa qilmadim. Ikkinchi kuni kechasiga esa videodars va dokumentatsiya koʻrib va oʻqib chiqdim. Uchinchi kuniga esa 20 soatga yaqin oʻsha vazifanu bajardim. Bu kun men uchun ancha esda qolarli boʻlgan. Vazifani bitirib uxlashga yotganimda tushimda oʻsha vazifani routingini "debug" qilib chiqqanman.

Menimcha bu hodisalar nima boʻlganligi haqida qandaydir hulosa qabul qilishga yetsa kerak.

Bu hodisalarning foydasi

Eng katta foyda bu albatta tajriba boʻldi. Albatta endi sizdan kimdir siz yozib va ishlatib koʻrgan texnologiyalar haqida soʻrashsa, albatta ular uchun javobingiz tayyor boʻladi. Va yana bu post ham ana shunday FAQlarga javob boʻla oladi deb oʻylayman.

Universallik. Endi men bu hodisalar tufayli asosida Nodejs boʻlgan, webpack yoki Vite va shunga oʻxshash bundlerlari yordamida ishlaydigan har qanday framework yoki kutubxonani tez muddatda oʻrganishim mumkin.

Oʻrganish jarayoni "project based" boʻlganligi uchun loyihalashtirish yaʼni System design koʻnikmalari va tushunchalari yaxshigina rivojlandi. Va bu qaysidir bir framework yoki stackga qaram boʻlgan xolda tuzilmaydi.

Koʻzim boshqa sintaksisdagi kodga oʻrgandi va men boshqa bir strukturadagi kodni koʻrganda panika tushmasdan men buni bilamaku degan hayol bilan tezda moslasha olaman.

Va albatta zararlari.

Bu hodisalarni albatta eng zararli "biohazard" demoqchi emasman lekin oʻziga yarasha mendan yaxshigina vaqt va qilishim mumkin boʻlgan ishlarimni oldi. Misol uchun:

Men agar bu vaqt mobaynida bitta texnologiyaga oʻz diqqatimni qaratganimda misol uchun Reactni oʻziga va uning ichki chuqur mavzulariga misol uchun React reconciliation, how it works behind the scene, shubhasiz oʻsha texnologiyaning gurusi boʻlar edim (balki).

Men har bir texnologiyada mukammal boʻla olmas edim va boʻla olmadim ham. Chunki har bir texnologiya oʻz ekosistemasiga ega. Har bir ekosistemani bilish va ular under the hood qanday ishlashini chuqur tushunish yillar talab etadi. Bu tushunchani nega zararli deb hisoblashim esa hali bitta texnologiya yoki stackni ushlamagan paytimda sodir boʻlgani den hisoblayman.

Eng muhim zararli tomonlaridan deb aytishim mumkin boʻlgan yana bir narsa bor. Hafsala. Men hali biron bir texnologiyani yaxshilab oʻrganmasdan boshqasiga oʻtib yurganim menga biron bir foydali natija bermaydi. Natija deganda finans jihatdan nazarda tutdim. Qoʻpol qilib aysam qorin toʻygʻazmaydi. Va shubhasiz bu demotivatsiya va hafsala oʻlishiga olib keladi. Ha dashturlashga qiziqish, yaratuvchanlik, ijodkorlik hissi taʼsir etib bu "filosofiya"ni oʻzingizda sinab koʻrishinggiz mumkin. Lekin hali biliminggizdan biron bir natija koʻrmagan boʻlsanggiz, aniqrogʻi kursni bitirib ishga kirmagan boʻlsanggiz yoki endi ishga kirgan boʻlsanggiz aynan bu mavzuni (frameworklar aʼro koʻchib yurish va qiziqqan texnologiyangizni ishlatib unga loyiha yasash) oʻz miyyangizdan chiqarib tashlaganinggiz eng oʻqilona qaror boʻladi.

Hulosa (Outro)

Qissadan hissa shuki bir soʻz bilan aytganda qisib bitta narsada oʻrganib ishlash kerak :)

Проект в бета-тесте, могут быть ошибки и баги.