2/1-xona

Astrum akademiyasidagi 2.1-xona. Bu xonada allaqanday nimadur borki mening hayotimda yaxshigina ro'l o'ynayapti.

Assalomu aleykum barchaga. Bugun mening hayotimdagi kontrastli kunlardan biri bo'lib o'tdi. Astrum akademiyasidagi 2.1-xona. Bu xonada allaqanday nimadur borki mening hayotimda yaxshigina ro'l o'ynayapti. Avvaliga Proyekt menejment va bir loyiha yaralish jarayonida jamoaviy ishlash bilimlari bo'yicha ozgina bo'lsada tushuncha va ko'nikmalar bergan butkemp, keyin esa mening orzuim bo'lgan va hech qanday sababsiz yaxshi ko'radigan davlatim Yaponiya va uning tili bo'yicha darslar. Va bugungi 2 hodisa. Ruxsatingiz bilan biroz sizlar bilan o'rtoqlashsam.

1. Botir Orifjonov bilan eng yaqin masofa
Ertalab darsga kech qolyapman deb shosha-pisha chamasi dars vaqtidan 10 daqiqalarcha kechikib keldim. Kelsam dars onlayn o'tiladigan bo'libdi. Charchoqni chiqarish maqsadida, kursdoshim bilan suv olish uchun ko'chaga chiqib kelishimizni ayttim. Chiqayotgan mahal Astrumdagi Open daymidi yoki boshqa bir tashkilot odamlarining ekskursiyasimidi hullas bir guruh odamlar bizning oritimizdan chiqib kelayotgan edi. Shu odamlar orasida esa Paynet, Khan academy, Astrum IT Academy va boshqa ko'plab loyihalarning asoschisi Botir Orifjonov ham bor edi. Astrumni tanishdirish maqsadida tashrif buyurgan shekillik. Oldinlari ham ko'p martda ko'rgan edim ammo bu safar boshqacha. Men sherigimga o'zimcha shu mavzuda hazil huzul qilib chiqib ketdik akademiya hovlisidan. Va biroz muddat o'tib, sherigim bilan allaqanday loyiha rejasini muhokama qilib Astrumga qaytayotgan edik. Yo'limizdan 3chi sherik bo'lib boshqa bir yaqinroq tanishimiz shu yerning biz qatori talabasi qo'shildi. Qaytayotganimizda esa hovlida Astrum hodimlari bilan u odam gaplashib turgan edi. Biz ularni va ular o'zlarini STAFF deb atashadi. Ikki ko'zim shu stafflarda edi. Va shu payt kirish eshigiga yaqinlashganimizda meni yaqinroq taniydigan hodim Shoxrux aka qarab qoldi va men beihtiyor huddi shu narsani kutganday uzoqdan salom bergan edim, shu zahoti hayolimga "behurmatlik bo'ldi" degan hayol keldi va buni bartaraf etish maqsadida 4-5 qadam masofadan borib qo'l siqib ko'rishishni avzal ko'rdim. Buyog'iga ham "bitta odam bilan ko'rishib qaytmay, befarosatlik bo'ladi" degan maqsadda bezbetlarcha hamma turgan stafflar bilan ko'rishib chiqishni boshladim. Eslatib o'taman stafflar orasida Botir Orifjonov ham bor edi )). Va u odam bilan ham ko'rishdim. Bezbetligim ortiqcha bo'ldi shekilli ayrim stafflar noqulay ahvolga tushishganday bo'lishdi. Balkim ishim g'alati bo'lgandir lekin yaxshigina adrenalin oldim )). Sheriklarim bilan allaqanday hayronlik bilan xonaga qaytdik.
Biroz vaqt o'tib ana shu stafflar meni odam qilayotgan xona, hayotimdan yaxshigina o'rin olayotgan 2/1-xonaga ya'ni biz o'tirgan xonaga kirib kelishdi. Xonada boshqa studentlar ham bor edi. Boshqa o'quvchilar bilan gaplashar yapon tilida nimadur gapirishlarini so'rar ekan mening hayollarimda bir pas oldingi adrenalin kuchi hali hamon yo'qolmagan edi. Chunki har doim bir niyat bilan yurar edim, bu esa qandaydur o'z ishining o'z ustaligi bilan oz bo'lsada mashxurlikga ega bo'lgan inson bilan qo'l siqishib "Мне приятно иметь с вами дело" deb bir birimizga iliqlik va haqqoniylikni anglatib turish edi. Shu paytda men bu niyatimga qanchalik yaqinligimni his qilib turar edim.

2. Native yaponlar bilan uchrashuv.
Kechga tomon, tushdan keyin o'quv formati P2P bo'lganligi sababli, kimlargadur yordam berib yurgan paytimda shunday bir habar eshitdim: "Tushdan keyin 4da yapon hamkorlar kelishadi". Vaqti sal adashilgan shekillik hamkorlar kelishini bir soat hayajon ostida kutdik. Ma'nosizlarcha tepa qavatda yurganimda qo'riqchi ratsiyasidan "mehmonlar kelishdi" degan habar baralla eshitildi, va buni eshitgan men tepa qavat kovorkingi uzra tarqalib ketgan kursdoshlarni xabarlashga shoshildim. Bir deganda hamma o'sha qadrdon xonada yig'ildi va ular kelishini kutdik. U paytda men o'z ishim bilan ovora bo'lib, VSCode dasturini yo'nalish va har hil "muhit" uchun uchun moslashtirib chiqayotgan edim. Shu paytda 2 yapon xodimi va xonimlari bizga tanish organizator sensei-tarjimon bilan kirib kelishdi. Bu xona sof yapon madaniyatini va tabiyatini bildirib turuvchi 3ta katta sur'at bilan to'lgan edi. Birida to'liq tasvirlangan Fuji tog'i, kimano kiyib soyabon ushlab turgan yapon ayoli va yapon arkalari torii bilan xonaning butkul bir tarafini egallagan edi, ikkinchisi esa 2 chiroyli oqqush va yapon kanjilari bilan va 3chisi esa mashxur yapon musavviri tomonidan chizilgan buyuk asar "The great wave of Kanagawa"ga o'xshatib chizilgan rasmlar edi. Kirgan mehmonlar birinchi navbatda hayratda qolishdi va darhol sur'atga olishga tushishdi. Hodimlar rasmlarga tushura yozib biz bilan ham oz bo'lsada muloqot qilishdi, eng muhimi ular maksimal tarzda bizga tushunarli bo'lishi maqsadida bizlar tushunadigan so'zlar bilan muloqot qilishdi. Va bu bizni shaxsan meni xursand qildi. Esingizda bo'lsa ancha oldin aniqrog'i 2023-yil dekabrda ham shunga o'xshash holatni yozgan edim unda ham shu xodimlardan biri kelgan edi.

Bu mening ayni damdagi hayotimdan bir parchasi va maqsadim yo'lidagi ba'zi bir noodatiy holatlar. Hammaga ayon ibora bor: "Samuraida maqsad yo'q, faqat yo'l bor", shu iboraga asoslangan holda men o'z hayotimni bu ko'rinishda qurib borayabman. Va shu o'rinda bu mashxur iboraga "Muhimi natija emas, ungacha bo'lgan yo'l muhim" deb qo'shimcha qilgan bo'lar edim.

Let's keep discipline and samurai's bushido =)
ありがとうございましたみなさん。

Проект в бета-тесте, могут быть ошибки и баги.