Sen hanuz yo'ldasan.

2024-yil. 27-iyul. Yangibozor. Tushdan keyin. Siz o'qib bo'ldinggiz, endi siz Pending holatidasiz. Bu vaqtda va bu sharoitda faqatgina birgina yondashuv eng to'g'ri bo'lishi mumkin. Bu ham bo'lsa ishga kirish.

2024-yil. 27-iyul. Yangibozor. Tushdan keyin.

Siz o'qib bo'ldinggiz, endi siz Pending holatidasiz. Bu vaqtda va bu sharoitda faqatgina birgina yondashuv eng to'g'ri bo'lishi mumkin. Bu ham bo'lsa ishga kirish.

Nega ?

Chunki siz endi bitirgan bo'lasiz va xuddiki pishgan mevadek yiyishga tayyor bo'lasiz. Bilamizki pishgan, tayyor mevani shundoq turgani uvol bo'ladi, maksimum uni boshqa havosi muzdekroq joyga olib qo'yamiz yoki ayollar uni sovet davridan qolgan odat ila sharbat(компот) yoki murabbo(варенье) qilib qishga g'amlab qo'yishadi. Agar u tegilmasa, joyida turaversa, yeyilmasa, ishlatilmasa va unga befarq bo'lib boshqa joyga olinmasa, u chirishni, aynishni va hidlanishni boshlaydi. Bu tabiat qonuni.
Demak huddi pishib yetilgan meva tabiat qonuni ila yomonlashishni boshlarkan siz ham huddi shu pishgan mevadek aynishni boshlaysiz, agar ishga kirib o'z maqsadlaringgiz tomon intilmasanggiz.

Bu holatda boshimizda har hil fikrlar va 2 yo'l turadi.

  1. Bu tezroq ish topib, karyerani boshlab davom ettirish.
  2. Iroda, sabr va matonatni mustahkam qilib, o'zinggiz nimadur yaratib yoki biznes reja puxta qilib yo'lga otlanishdir, ko'p xolatda bu startap g'oya yoki insonlar mushkulini osonlashtirishga qaratilgan reja bo'ladi.
    Ikkinchi yo'l qiyin bo'lishi mumkin va men buni hamisha qo'llab quvvatlagan bo'lar edim.
    Hozir sizga qiyin yo'lni tavsiya berishim mumkin edi, lekin keling real qaraymiz.
  • Siz nega o'qigan edinggiz ?
  • Albatta ishlash uchun.
  • Nega ishlamoqchisiz ?
  • Pul topish uchun. Karyera uchun, jamiyatga foyda keltirish uchun

C'mon man :/ Bu yo'lda azali maqsadimiz shu edi va sizga kiritilayotgan investitsiya ham aynan shu maqsadda bo'lgan va hozir ham shunday. Bir eslab ko'ring nega bu sohani tanlagan edinggiz ? Dollardagi valyutasidagi 4 yoki 5 honali sonlar uchun, agar bunday bo'lmaganda ham bu narsa o'ldim deganda bir sabab bo'ladi.

Lekin siz yo'ldagi hayotni yoqtirib qoldinggiz va ahli ilm deb atalmish sizga yoqib, sizga ideal odamlardek ko'rina boshladi. Vo ajab, qanday bu hilma hil va ajib dunyo! Kontrastni qarang, odamni karaxt qiladi. Bilimlarga bir nazar tashlang, bitmas tugammas. Shaxsiyatlarga bir boqing, bu yo'l davomida qanday sayqallangan, Lekin...

Bu tariflarni hammasini, faqatqina mevaning muzlatgichda yoki boshqa salqinroq joyda turgandagi holatga tenglasak bo'ladi. Vaqt o'tadi va meva o'z foydali va zararli minerallarini yo'qotadi. Va albatta mevani tanavvul vaqti keladi, kelmasa, unutilsa u chirib yo'q bo'ladi. Meva chirib yo'q bo'lsa afsus shuncha parvarish (investitsiya). Chirimasa yeyilsa "ana mazza qildik", qornimiz to'ydi.

Ikkinchi yo'lni endi real tahlil qilamiz. Siz endi qattiq bel bog'ladinggiz alohida o'zinggiz "ko'tarilish"ga. Sizda go'ya bor, sizda beqiyos bilimlar bor. Yo'lda davom etish kerak.
Shu joyida men meva uchun salqin joyning har hili bo'lishini ham eslatmoqchiman. Mevani saqlash uchun albatta quruq va toza joy bo'lishi kerak. Yanada aniqroq gapirsam, bu muhit.
Huddi mevani yaxshi saqlash uchun yaxshi joy kerak bo'lganidek, siznga va o'z g'oyanggizga yaxshi muhit zarur. Yaxshi muhit bu mening nazarimda: odamlar sizning g'oyanggizni hurmat qilishi, ustidan kulish va noto'g'ri tushunish o'rniga to'g'ri qabul qilib uni rivojlanishiga maslahat va tavsiyalar berilsa, sizning yoki boshqa siz qatnashayotgan g'oyani amalga oshirilishi boshlangan loyihada odamlarning "davomiyligi" uzoqroq bo'lsa, yani material foyda ko'rmasdan hafsalasi pir bo'lib ketvorishmasa, hech qanday gumonlarsiz odamlar bilan bemalol o'z muammo va hislaringgizni haqisa gaplasha olish, bu ideal muhitdir.
Va bunga yana qo'shimcha qilib, o'zinggizdan boshqaga ishonmasligni unutmaslikni eslatib o'tmoqchiman, chunki o'zinggiz bilasiz buni yozish shart emas menimcha.

Overall, samimiylikni yo'qotmagan xolatda, o'z kafolatimizni olib yo'lda davom etish kerak. Siz karyera qurmoqchisiz pul topmoqchisiz, quring, toping bu o'zinggizga foyda uyinggizga to'rtta non olib kirolasiz. Ilm yo'lida ketmoqchimisiz, ilmiy ochilma qildinggiz ilm ulashdinggiz va yana to'rtta non olib kirolasiz. Manzil bir hil, yo'llar har hil. Huddi meva har sharoitda saqlanib, tanavvul qilingandek.

Проект в бета-тесте, могут быть ошибки и баги.