Hayotni soʻzlar bu rangsiz koʻzlar

Bugun hayotning davomi oʻz ona shahrimda davom etadi.

2024-yil. 1-iyun. Zomin. Kechga yaqin.

Bugun hayotning davomi oʻz ona shahrimda davom etadi. Yoʻlga chiqish davomida har hil odamni koʻrish mumkin. Negaki, Sobir Rahimov avto stansiyasidagi odamlar bilan gaplashish xuddi har hil salqin ichimliklarni birlashtirib ichishga oʻxshaydi.
Shunchaki turganimda bittasi orqamdan xuddi arpasini hom oʻrganimday koʻzini loʻq qilib qarab turgandi, u koʻzlarda faqat negativ taassurotlar qoldi. Koʻra olmaslik, hasislik, gʻazab, va yana allaqanday jirkanch hislar. Qarab "*** qa qarepsanmi" deging keladi. Keyin esa shunchaki oʻtib ketayotgan bir qizni (opani) koʻziga koʻzim tushib qoldi, unda esa hammasi neytral. Oʻz dardi bilan shekilli bezovtalik va qoʻrquv sezildi. Koʻzini hammadan olib qochar, biroz gʻamgin edi. Endi esa haydovchining koʻzlari, goʻyoki hammasi joyidadek, ammo koʻzlar buni yashirolmaydi. Yoʻl boʻyi siz eshitishingiz majbur boʻlgan huddi oʻsha haydovchi pleylisti, haydovchining hayotga boʻlgan qarashini yaqqol koʻrsatib turadi.


Va nihoyat uyga yetib keldim. Tushlik qilayotganda dadam bilan edim. Oʻychan, gʻamga toʻla, asta sekinlik bilan nursizlanib borayotgan otamning oʻz rangini yoʻqotayotgan koʻzlariga qaradim. Men bilaman bu nigohlar nimalarni soʻzlashini. Bu nigohlar hayotni soʻzlaydi, oʻz dardini aytadi va tinmas harakat uchun tugammas kuch beradi.

Проект в бета-тесте, могут быть ошибки и баги.