Ona qarang men ulgʻaydim.

Sarlavha qalbni tirnadimi) ? Ha, taʼsirli soʻzlar..

2024-yil. 25-iyun. Toshkent.

Sarlavha qalbni tirnadimi) ? Ha, taʼsirli soʻzlar.. Paytida buni biz baqirib gʻazab otiga minganda aytganmiz, afsuski. Hozir esa bu boshqa tuygʻu, "Ona qarang men ulgʻaydim" deb chin yurakdan siz chindanam ulgʻayganinggizni bildirish uchun aytib koʻringchi, nimani his qilgan boʻlar edingiz ? Oʻylaymanki siz buni aytolmagan boʻlar edinggiz, chunki ulgʻayishni xoxlamaymiz, bu hayotdagi maʼsuliyatlarimizni tan olgimiz kelmaydi, hamisha yosh boʻlishni xohlaymiz va har bir xarakatimiz aynan hamisha yosh boʻlishga qaratilgan. Kayfiyatimizni koʻtargimiz keladi, hayotinggizni eng avj nuqtasida joʻshib turgan paytda, nechanchidur sekundlarida bir eslab qoʻyamiz "Eh oʻsha davrlar" deb.


Hamma qatori oramizdagi kimdur bugun 1 yoshga ulgʻayadi, qariydi, aqli oshadi, oʻz hayot kitobida yana bir bobni varoqlaydi, umridan 1 yili ayiriladi va oʻz hayotida huddi hech narsa boʻlmagandek ertalabdan oʻsha har doimgi yoʻllarida yurib metro oynasi ortida oʻz nafsi bilan olishib ketadi.


Huddi Mirshakar aka aytgandek:

Oʻtayotgan har bir daqiqa, yangi yilni yaqinlashtiradi.

Проект в бета-тесте, могут быть ошибки и баги.