What about creativity.
Discipline deb hamma hayqirishadi, aslo qarshiligim yoʻq, qoʻllab quvvatlayman. Lekin hech oʻylab koʻrganmisiz discipline tamoman creativityni oʻldirishi mumkinligini?
2024-yil. 28-iyun. Toshkent. Yarim kechasi.
Bir tushunchada oʻylanayapman.
Discipline deb hamma hayqirishadi, aslo qarshiligim yoʻq, qoʻllab quvvatlayman. Lekin hech oʻylab koʻrganmisiz discipline tamoman creativityni oʻldirishi mumkinligini? Har kun bir hil narsa bilan shugʻullanish bizni meʼdamizga tegishini inkor eta olamizmi?
Bir misol: bu postni men yillar davomida tayyorlanib yozmayapman. Hayolga keldi yozdim. Maksimal bu formatdagi postga 30 daqiqadan sal koʻproq vaqt ketadi, fikrni jamlab xatosiz yozish uchun. Lekin shunday postlar boʻlganki uni kunlab haftalab yozaman. Toʻgʻri bu darajadagi sizda hech boʻlmaganda mana shu mavzuda oʻylantirishga sabab boʻlgan postlar taqdim etish uchun anchadan beri bunday postlarni yozib kelayapman. Dasturchining kod yozayotgan paytdagi entuziazmni kuchayib qolsa bilasiz, u kunlab oʻtirishga tayyor va oʻtira oladi ham. Oʻshanda siz dasturchiga qarab "kuniga n soatdan oshiq ishlama, bunday boʻlishi kerak emas" desangiz nima boʻlishini bilasizmi ? Aynan mana shu gapni eng katta tahdidlardan biri deb oʻylayman.
Endi menga qiziq, mana shunday oldindan mavxum boʻlgan narsani biz qanaqadur kunlik, kimlardur tomonidan ishlab chiqilgan allaqanday suniy ravishda yaratilgan "limitlar" bilan uni oʻlishga majbur qilmayapmizmi?
Toʻgʻri, nimadur oʻrganish uchun yaxshi va sogʻlom hayot uchun discipline eng zoʻr yondashuv. What about creativity again ?
Bilmadim bu mening boshimdagi qanaqadur galyutsinatsiyalardir. Lekin menga shunchalar bong urilib aytilganidan huddi 20chi asr zavodlariga tarbiyalov sifatida joriy qilingan 45 daqiqalik darslarni oʻz ichiga olgan, xalqni qora ishchi qilib yetishtirish uchun taʼlim tizimini xalqqa tadbiq qilinganini eslatib yuboradi. Qolaversa tarixda boʻlib oʻtgan propagandalarni ham.
Проект в бета-тесте, могут быть ошибки и баги.