The last day.

Ona oʻz oʻgʻlini maktabga borishi uchun uni uygʻotayapti. Bola esa shubhasiz uyquni maʼqul koʻrib gʻinshiyapti. Bitta gap taʼsirlantirdi.

2024-yil. 23-may. Toshkent. Tong.

Ona oʻz oʻgʻlini maktabga borishi uchun uni uygʻotayapti. Bola esa shubhasiz uyquni maʼqul koʻrib gʻinshiyapti. Bitta gap taʼsirlantirdi.

Bugun ohirgi kun, ertaga turgʻazmiman.

Va buni eshitgan men, hayolimda huddi ustinggizdan muzdek suvni agʻdarib yuborgandagi hisga oʻxshagan his bir zumda paydo boʻldi.

"Ровно год назад... Ровно год назад мы репетировались на вечерний вальс. Roppa-rosa 1 yil oldin maktabni bitirgan edim. Vaqtni oʻtishini qarang."

Oʻsha payda ushbu gaplar miyyamda yangradi.
Nahotki bir yil oʻtgan boʻlsa. Ohirgi yili maktab xuddi bizni bitirishimizni hohlamagandek muammolarga toʻla oʻtgan bu ohirgi maktab yilim nahot bir yil oʻtib endi esimga tushdi.
Koʻchalarda ketayapman, bironta ham jonzod yoʻqdek tinch. Literally last day. Maktab yoshidagi va formasidagi bironta ham odam yoʻq.

Va ushbu notada men yana yozishni toʻxtatib, mana shunday yozuvlarni sababchisi boʻlgan maktab davrim va maktabimni ham unutib, telefonni bloklagan holda oʻchirib, metroning oynasi ortidagi hali uygʻonmagan shahar tomon tikilib, oʻz muammolarim haqida oʻylashda davom etaman.
Ну что ж, время не остановить.

Проект в бета-тесте, могут быть ошибки и баги.