Qarilik va sogʻlik

Hozirgi toʻxtalib oʻtiladigan mavzuda menimcha kam gapiriladi yoki ozchilik balki hech kim bu mavzuni aktuallashtirishga harakat qilishmaydi. Yana bilmadim.

2024-yil. 15, 20-iyun, 2-iyul. Zomin, Toshkent

15-iyun
Kecha yana ona yurtimga qaytdim. Ha aytgancha Hayit muborak ).
Hozirgi toʻxtalib oʻtiladigan mavzuda menimcha kam gapiriladi yoki ozchilik balki hech kim bu mavzuni aktuallashtirishga harakat qilishmaydi. Yana bilmadim.


Siz hech oʻylab koʻrganmisiz bizning jamiyatda enalarimiz va bobolarimiz (buva va buvi) qay ahvolda yashashyapti ?

2-iyul
Albatta oramizda har hil hayot tarzlari bor, birilari yaxshi birilari unchalik ham zoʻr emas. Lekin har birida men aytmoqchi boʻlgan muammo bor. Va yana shu yerda savol bor: muntazam dori ichmayotgan qariyalarimizni nechta ekan? Bu hayolga va ushbu savolni kelib chiqishiga albatta sabab bor va u oʻz yaqin buvim. Va shu oʻrinda buvisi va buvasi borlar bir ana oʻsha tarafga eʼtiborlarini qaratishini soʻrab qolardim. Chunki biz oltinga teng davrda yashamoqdamiz va qariyalarimiz zamonlar koʻpriglaridir, ikki davr va ikki hil davlat tizimini koʻrishgan insonlardir va oʻylaymanki oʻtmishdan dars olishimiz kerak boʻlgan narsalar ancha koʻp.
Oʻrinlariga oʻzimizni qoʻyib koʻraylik, bir umr ishlaymiz, karyera qilamiz oʻqiymiz, odamlar muloqot qilamiz, natijalarga erishamiz, jamiyatga foydamiz tegibgina qolmay oʻz oʻrnimizni topib va uning bir ajralmas qismiga aylanamiz. Koʻz ochib yumamiz, qarilik eshik qoqib keladi va biz erishgan narsalar faqatgina bir xona, butun umr yigʻilgan bilimlar, tajribalar, tinchlikdagi yolgʻiz qalbinggiz va oʻliminggizgacha boʻlgan dorilar kursi boʻladi.


"Erishganim shu boʻldimi" deya olmaymiz, chunki yigʻib terganlarimizning hammasi "bu" dunyoniki. Bularni olib ketolmaymiz.


Endi oʻylab koʻraylik, biz yoshlar, shuni oʻzimizga ravo koʻrgan boʻlarmidik ?
...
Ularham ravo koʻrishmagan.


Yechim tariqasida esa shaxsiy fikrim: hotirlash, biz yoshlar ular bilan suhbatlashib moziyga sayohat qilishimiz, ular yigʻgan bilimlarini biz yaxshisini singdirib yomonidan xulosa qilishimiz (chunki bilasiz oʻtmishimiz faxrli boʻlmagan) kerak deb oʻylayman.


Ushbu shaxsiy fikrim oʻrnida siz oʻz fikringgizni oʻqib chiqqan postinggizdan kelib chiqib yozishinggiz mumkin.


Hammamiz kech qolishimiz mumkin chunki vaqt kutmaydi emas endi siz va biz yetib olish uchun vaqt orqasidan quvishimiz kerak.

Проект в бета-тесте, могут быть ошибки и баги.