Muvaffaqiyat siri

Hamma shu narsaning izlovchisi, bu muvaffaqiyat siri.

2024-yil. 9-avgust. Zomin tumani, Zomin sanatoriyasi. Kechga yaqin.

Hamma shu narsaning izlovchisi, bu muvaffaqiyat siri.
Menimcha bu aslida yoʻq narsa, yani muvaffaqiyatga erishiladi, yanayam aniqroq qilinganda, bizga sinov beriladi va bu biz saralanadigan va sinovli muddatdir, xuddi shu muddatdan biz aʼlo darajada oʻtsak biz muvaffaqiyat deb ataydigan yangi bosqich taqdim etiladi. Kim tomondan? Albatta Alloh tomonidan.
Siz va bizni kim behisob sinay oladi? Bandami? Yoʻq.
Siz va bizga kim rizq deb atalmish nafsimizga davo, nozu neʼmatni kim ato eta oladi? Sizning yoki mening CEOimmi? Yoʻq.

Kimki muvaffaqiyatga erishgan yoki istalgan oddiy odamdan soʻrasangiz yoki oʻz hayot yoʻlini eshitsangiz albatta u uchun qiyin boʻlgan davrni ham eshitasiz. Ular oʻz sinovli davrini aʼlo tugatganlardan va unutmaslik kerakki ular hamon sinovda, bizdan farqli ravishda ular boshqa levelda sinalmoqda. Sinovlar qachon tugaydi? Albatta bizning oxirgi manzilimizga kuzatishganda. Sinovlar tugab, sinovlarning sarhisobi boshlanur va biz qayerda abadiy qolishimiz xal qilinur.

Yana bir boshqa yoʻl bilan tushuntirmoqchiman. Bir kun doʻstim mana shu mavzuda suhbatlashganimizda, "baxtli hayot piramidasi" haqida aytib bergan edi. Oʻsha payti men boshqa bir hayot tarzi va nostandart muvaffaqiyatli odam boʻlmoqchiligimni aytgandim va u chiroyli tarzda mana shu piramida haqida aytib berdi.
Unda shunday deyildi (tartib va gaplar adashilgan boʻlishi mumkin):

  • Doʻstim: Joʻra baxtli hayot piramidasi haqida eshitganmisan?
  • Men: Yoʻq. Nma u ?
  • Doʻstim: U Piramida xar xil qismlarda levellardan iborat. Birinchi level bu yashab qolish uchun yashash, och qolmaslik, usti butlik va hkz. Ikkinchida esa mustaqil boʻlish, hech kimga zoriqmaslik, hullas oʻz harajatlaring va ehtiyojlaringa oʻzing topib sarflarshing. biz xozir shu 2chisiga oʻtishdamiz desak boʻladi. Hullas tushunding. Sen aytayotgan narsalar esa bu piramidaning uchiga yaqin joylari, ularga erishish uchun esa mana shu pastdagi levellardan oʻtishing kerak boʻladi.
  • Men: Hayotimni allaqanday standartlar va piramidalar ustiga qurishni xohlamagan boʻlardim.

Vaqtlar oʻtgan sayin tushundimki, bu suhbatdagi oxirgi gapim qisman notoʻgʻri boʻlgan. Nega? Birinchi navbatda kelgan javob: bunga xojat ham yoʻq, yaʼni hayotimizni prinsip, standartlar asosida yashashning xojati yoʻq. Chunki birinchi boʻlib kelgan javob bu chiroyli Islom dinimiz borligidir. Ummat boʻlmish biz, qanday yashashimiz kerakligi qariyb 1400 yildan ortiqroq vaqt oldin chiroylik qilib Qurʼonda yozilib ketilgan. Va u Alhamdulillah hozirgacha saqlanib qolgan. Yozilmagan boʻlsada "shuncha insoniyat tarixida nahot mendan boshqa hech kim bu haqida oʻylamagan ?!" deb savol bilan izlanmoq foydali boʻlsa kerak.

Bir misol:
Rim imperatorlaridan biri va eng yaxshisi Mark Avreliy Antonin ham oʻz qoʻlyozma va qaynomalarida stoicism hayot tarzi nomi ila aynan Islomda avvaldan boʻlgan gʻoyalar va standartlarni yozib oʻtgan. Qolaversa 40 yil kambagʻallikda yashab tushungan va muvaffaqiyat haqida bir nechta kitoblar seriyasini yozgan Jen Sinsero ham aynan Islomdagi hayot tarzini eng maqbuli deb oʻz kitobida qoldirgan.

Va bunga qoʻshimcha qilib: har qanday muvaffaqiyat haqidagi kitob oʻqimayin, hammasi bizga Islomga asoslangan xolda berilgan tarbiya va bilimlarda berilgan standart va prinsiplarni yozib oʻtgan. Baʼzi holatlar boʻlganki huddi kitobni qaytadan oʻqiyotgandek boʻlganman garchi uni men oʻz qoʻllarim bilan birinchi martda olib oʻqiyotgan boʻlsamda.

Albatta bular mening shaxsiy fikrlarimdir, yozib oʻtilgan shaxslar yaʼni mualliflar Islomni taʼkidlab oʻtishmagan va yaqin ham kelishmagan, bu fikrlar musilmon birodaringiz sifatida yozildi.

Проект в бета-тесте, могут быть ошибки и баги.